Parij “svet”siz qoldi

Olam

image

Kecha, 20 noyabr kuni ertalab Parij va uning chekka hududlarida elektr quvvatida yirik uzilish yuz berdi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Fransiya poytaxtining janubi-g‘arbidagi Issi-le-Mulino podstansiyasida sodir bo‘lgan texnik nosozlik oqibatida ayrim metro va shaharlararo poyezd liniyalari to‘xtab qolgan, svetoforlar hamda 170 mingga yaqin xonadon vaqtincha elektr ta’minotidan uzilgan.

Mutaxassislarga ko‘ra, Parij va uning atrofidagi 112 ming mijozga elektr quvvati besh daqiqa ichida qayta ulab berilgan. Biroq elektr ta’minoti oradan 3 soat o‘tib to‘liq tiklangan.

Elektr uzilishining aniq sababi noma’lum bo‘lib, hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Fransiyada bundan oldin ham shu kabi yirik elektr uzilishi 2025 yil aprel oyida sodir bo‘lgan edi. O‘sha vaqtda Fransiyaning janubi-g‘arbida joylashgan elektr uzatish liniyasidagi yong‘in sababli qo‘shni mamlakatlar – Ispaniya va Portugaliyada ham elektr uzilish hodisasi yuz bergandi.

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

elektr Frantsiya Parij

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing