Parijda portlamay qolgan bomba sababli aholi evakuatsiya qilindi
Olam
−
20 aprel 2498 1 daqiqa
Fransiyaning Parij shahri shimolidagi Kolomb hududida Ikkinchi jahon urushidan qolgan bomba topilishi sababli minglab aholi evakuatsiya qilindi. Bu haqda “The Local” xabar qildi.
Qayd etilishicha, bomba joriy yilning 10 aprel kuni qurilish ishlari vaqtida aniqlangan va xavfsizlik choralari sifatida bomba topilgan joy atrofida 450 metr radiusdagi hudud to‘liq bo‘shatilgan.
Shundan so‘ng hudud xavfsizlik nuqtai nazaridan yopilib, portlovchi qurilmani zararsizlantirish ishlari boshlangan. Biroq bu harakat muvaffaqiyatsiz tugagan. Shu sababli, tarixiy o‘q-dorilar joyida, nazorat ostida portlatish yo‘li bilan yo‘q qilingan.
Operatsiyaga yuzlab politsiyachilar jalb etilib, aholi uchun vaqtinchalik boshpana markazlari tashkil etilgan. Evakuatsiya jarayoni va xavfsizlik choralari to‘liq nazorat ostida amalga oshirilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangan va xavf bartaraf etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning Kyoln shahridan Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan uchta bomba topilgandi.
Live
Barchasi