Penoblok va gazoblok ishlatadigan qurilish tashkilotlariga ustuvorlik beriladi

Jamiyat

image
Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi qurilish loyihalari bilan tanishdi north_east

Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi qurilish loyihalari bilan tanishdi

2025 yil 1 avgustdan boshlab devorbop materiallardan keng foydalanuvchi qurilish tashkilotlariga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonda keltirilgan.

Unga ko‘ra, ushbu sanadan e’tiboran platformada pishgan g‘isht ishlab chiqarishdan muqobil texnologiyalardan keng foydalanishga o‘tish maqsadida devorbop materiallardan (penoblok, gazoblok) keng foydalanuvchi qurilish tashkilotlariga ustuvorlik beriladi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab pishgan va xom g‘isht ishlab chiqarishda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2025 yil uchun belgilangan stavkaga nisbatan 2 baravarga oshirilgan holda qo‘llanadi hamda 2027 yildan bosqichma-bosqich qo‘shimcha ravishda oshiriladi.

2027 yil 1 yanvardan boshlab yer resurslarini muhofaza qilish va tuproqning unumdor qatlami yo‘qolib ketishining oldini olish maqsadida qishloq xo‘jaligiga, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlarida tuproq karerlari faoliyati taqiqlanadi.

Shuningdek, ko‘p qavatli turarjoylarni loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilishda oqova, yomg‘ir va texnik suvlardan sug‘orishda foydalanish tizimlarini tashkil etish majburiy etib belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

devorbop materiallar Penoblok gazoblok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing