Pepsi Lazzatli Fest O‘zbekistonda birdaniga 3 ta jahon rekordini o‘rnatdi

Biznes

image

Pepsi Lazzatli Fest O‘zbekiston tarixiga mamlakatning eng yirik gastronomik festivali va bir festival doirasida bir vaqtning o‘zida 3 ta Guinness World RecordsTM jahon rekordini birlashtirgan yuqori darajadagi birinchi tadbir sifatida kirdi.

Shu yilning 22-24 may kunlari Humo Arena hududi 124 mingdan ortiq mehmonni jamlagan katta gastronomik va madaniy bayram markaziga aylandi.

Festivalning asosiy voqeasi 3 ta rasmiy qayd etilgan Guinness World RecordsTM jahon rekordi bo‘ldi. Jamoa nafaqat e’lon qilingan ko‘rsatkichlarni bajardi, balki ulardan sezilarli darajada oshib ketdi:

  • e’lon qilingan 1000 dona o‘rniga – 2187 dona lavash-donor,
  • 12 000 ta o‘rniga – 12 648 somsa;
  • rejalashtirilgan 800 kg o‘rniga – 1135 kg vaznli dunyodagi eng katta lag‘mon.

Rekordlar yaratish ustida mamlakatning eng yaxshi oshpazlari ish olib bordi, shu jumladan: 25 nafar oshpaz rekord darajadagi lavash-donerlar tayyorladi, 33 nafar oshpaz eng katta lag‘mon tayyorladi, 45 nafar oshpaz esa, bir vaqtning o‘zida 45 ta tandirda somsa yopdi.

Rekord darajadagi somsa tayyorlash uchun 505 kg mol go‘shti, 500 kg piyoz, 60 kg dumba, 885 kg un, 250 litr suv, 250 kg eritilgan yog‘, 12 kg kunjut, shuningdek, ko‘plab ziravorlar va masalliqlar ishlatilgan. Festival davomida jami bir yarim tonnadan ortiq mahsulot ishlatildi.

Rekordlarning tayyorlanishini minglab mehmonlar real vaqt rejimida kuzatdilar va MILLIY TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi. Eng hayajonli lahza Guinness World RecordsTM natijalarining rasman tasdiqlanishi bo‘ldi – yakuniy hisob-kitob va tortish jarayonidan so‘ng, butun maydon quvonchga to‘ldi, mehmonlar qarsak chaldi va dorbozlar sadolari ostida raqsga tushdi.

Guinness World RecordsTM eksperti Richard Stenning festivalning yuqori darajada tashkil etilgani, jamoaning uyg‘un ishlagani va oshpazlarning professionalligini alohida ta’kidladi. U lag‘monni qo‘lda tayyorlashning murakkabligini alohida ta’kidlab, barcha jarayonlar puxta va yuqori saviyada bajarilganini ta’kidladi.

Shuningdek, Richard Stenning tarixda birinchi marta bir festival doirasida bir vaqtning o‘zida 3 ta Guinness World RecordsTM jahon rekordi o‘rnatilganiga urg‘u berdi.

Ammo festival faqatgina rekordlar haqida emas, balki eng avvalo shahar muhiti va odamlar haqida ham bo‘ldi. Uch kun davomida “Humo Arena” atrofidagi makon katta ochiq bayramni eslatdi: konsert chiqishlari, raqs shoulari, interaktiv zonalar, blogerlar, musiqachilar, bolali oilalar, sayyohlar va gastronomik maydonchalar xalqaro darajadagi zamonaviy shahar festivalining o‘ziga xos muhitini yaratdi.

“Uchta Guinness World RecordsTM rekordiga erishish muhim bosqich bo‘lib, PepsiCo va hamkorimiz International Beverages Tashkent jamoalarining kasbiy mahorati va fidoyiligining tasdig‘i bo‘ldi. Biz, birgalikda o‘zbek madaniyatining boyligini jahon sahnasida namoyish etmoqdamiz.

Pepsi’da biz taomlar, musiqa va madaniyat orqali odamlarni birlashtiradigan lahzalarni yaratishga ishonamiz va har bir qultum va ta’m bilan yanada yorqinroq taassurotlar taqdim etishdan mamnunmiz,” - dedi PepsiCo’ning Belarus, Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha bosh menejeri Ayub Qureshi.

“Pepsi Lazzatli Fest” nafaqat festival, balki Toshkent va butun O‘zbekiston uchun haqiqiy tarixiy voqeaga aylanib, mamlakatning keng ko‘lamli xalqaro tadbirlari uchun yangi bosqichni boshlab berdi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing