Pokiston Sudanga qurol yetkazish bo‘yicha 1,5 mlrd dollarlik bitimni to‘xtatdi

Olam

image

Pokiston Sudanga qurol va aviatsiya texnikasini yetkazib berish bo‘yicha qiymati 1,5 milliard dollar bo‘lgan bitimni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu qaror Saudiya Arabistoni ushbu loyihani moliyalashtirishdan voz kechgach qabul qilingan.

Xabarlarda aytilishicha, Saudiya Arabistoni bir qator G‘arb davlatlari maslahatlari va Afrikadagi vositachilik mojarolariga aralashmaslik bo‘yicha tavsiyalar fonida o‘z pozitsiyasini o‘zgartirgan.

Shuningdek, mart oyida Sudan armiyasi vakillarining Ar-Riyodda Saudiya rasmiylari bilan uchrashuvi ham bu qarorga ta’sir qilgan omillardan biri sifatida tilga olingan.

Saudiya Arabistoni Pokistonning asosiy ittifoqchilaridan biri hisoblanadi. Ikki davlat o‘tgan yili imzolangan o‘zaro mudofaa kelishuviga ko‘ra, biriga qilingan hujum ikkalasiga qilingan hujum sifatida baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron kelasi hafta Gretsiyaga tashrif buyurib, ikki davlat o‘rtasidagi xavfsizlik va mudofaa bitimini yangilashi haqida xabar berilgandi. Makronning 24–25 aprel kunlari amalga oshiradigan tashrifi davomida ushbu kelishuv yana besh yilga uzaytiriladi va keyinchalik avtomatik ravishda yangilanib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Pokiston Sudan Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing