Poytaxt aholisi ogohlantirildi
Jamiyat
−
02 iyun 8936 1 daqiqa
Bugun, 2 iyun kuni Toshkent shahrida kuchli shamol hamda ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli fuqarolarga imkoni boricha ochiq hududlarda uzoq vaqt qolmaslik tavsiya etilgan.
Shuningdek, daraxtlar, reklama konstruksiyalari, elektr uzatish simlari hamda mustahkamlanmagan qurilmalar yaqinida turmaslik so‘ralmoqda. Avtomobillarni esa daraxtlar yoki shamol ta’sirida qulashi mumkin bo‘lgan konstruksiyalar ostida qoldirmaslik tavsiya etildi.
Mutasaddilar chang-to‘zon kuzatilgan paytda derazalarni yopiq saqlash va zarurat bo‘lmasa tashqariga chiqmaslikni maslahat bermoqda.
Live
Barchasi