PPX xodimiga “shantaj” qilgan yigit 7 sutkaga qamaldi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyati Ohangaron shahrida ichki ishlar organi xodimini 14 yoshli qizga nisbatan zo‘rlik ishlatishda ayblab, yolg‘on axborot bergan yigit 7 sutkaga qamaldi. Bu haqda kecha, 2 may kuni IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yigit internetda tarqatgan ma’lumotlari yolg‘onligini tan olgan.

Sud qaroriga ko‘ra, mazkur shaxs va uning ikki nafar sherigiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik), 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) asosida 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan tekshiruvlar davom etmoqda. Fuqaroga nisbatan ichki ishlar xodimini qasddan obro‘sizlantirish, internet orqali yolg‘on axborot tarqatish hamda transport vositasiga shikast yetkazish holatlari bo‘yicha qo‘shimcha tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zi nima bo‘lgandi?

Joriy yilning 27 aprel kuni, soat tungi 00:40 da Ohangaron shahar IIB PPX xodimiga tanishi 22 yoshli A.K. (ayol) qo‘ng‘iroq qilib, undan maslahat olish zaruratini aytib chaqirgan. PPX xodimi yetib borgan vaqtida, 22 yoshli A.K. (ayol) bilan uning 14 yoshli qiz tanishi birga chiqib, xodimning mashinasiga o‘tirgan. Shu vaqtda 18 yoshli A.X. 4 nafar tanishlari bilan kelib, xodimni haqoratlab, janjal ko‘targan.

Qayd etilishicha, o‘zini “akasidanman” deb tanishtirgan yigit aslida 14 yoshli qizning hech qanday qarindoshi hisoblanmaydi.

“Holatda voyaga yetmagan qizning ishtiroki bo‘lgani sababli, to‘liq tafsilotlar hozircha ochiqlanmagan. Ish yakuniga ko‘ra, yolg‘on axborot tarqatgan shaxslarga nisbatan ma’muriy, og‘ir oqibatlarga olib kelgan taqdirda jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

PPX xodim shantaj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing