Prezident abituriyentlarga yana bir yengillik beryapti

Jamiyat

image

Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo‘lsa, lekin to‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, shu oliygohga kirishi mumkin. Bu haqda bugun, 8 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

“Biz abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlash imkonini berdik. Bu – oliy ta’limda katta sakrash, desak adolatdan bo‘ladi. Buni yanada kengaytiramiz”, dedi davlat rahbari.

Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo‘lsa, lekin to‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

Bu davlat va xususiy oliygohlar o‘rtasida raqobatning rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev abiturient

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing