Prezident bir guruh prokuratura organlari xodimlarini mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, ular O‘zbekiston prokuratura organlaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakatda qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish, yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun mukofotlangan.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Botir Hamzayevich Kalonov – O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi.

“Mardlik” ordeni bilan

Marat Erkinovich Yunusov – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari.

“Do‘stlik” ordeni bilan

Gulchehra Narzullayevna Razzoqova – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori.

“Jasorat” medali bilan

Jamshid Bahodirovich Zaripov – Jizzax viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i;

Murodbek Madiyorovich Mahmudov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi.

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Bahriddin Tojiyevich Ahmedov – Navoiy ixtisoslashtirilgan prokurori o‘rinbosari;

O‘rol Toshbulovich Rahimov – Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurorining katta yordamchisi;

Bahodir Xoliyarovich Yunusov – Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani prokurori.

“Shuhrat” medali bilan

Nigina Tohirjonovna G‘oyibboyeva – Namangan viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘I;

Dilmurod Qobulovich Qobulov – Sirdaryo viloyati prokurori o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan bir guruh soha xodimlari mukofotlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

mukofot Shuhrat medali orden prokuratura organlari Do'stlik ordeni Mardlik ordeni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing