Prezident tashabbusi bilan 100 o‘zbekistonlik Hajga bepul yuboriladi (video)

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 100 nafar o‘zbekistonlik bepul Haj safariga yuboriladi. Bu haqda “Axborot” dasturida xabar berildi.

Bildirilishicha, Prezident hojisi sifatida Haj safariga yuborilayotganlar orasida uzoq yillar turli sohalarda faoliyat yuritgan fuqarolar, jumladan, mahalla raislari, mehnat faxriylari, shifokorlar, olimlar va oddiy ishchilar ham bor. Xususan, sharqshunos olima Muxlisaxon Ziyovuddinova, tibbiyot fanlari doktori Abduvohid Sodiqov, Yunusobod tumanidagi “Mirzo Ulug‘bek” mahallasi raisi Ravshan Yusupov, Sardoba tumanidagi mehnat faxriysi Rustam Usmonov hamda Qashqadaryoda yashovchi oddiy ishchi Mahmud Mamatqulov Haj safariga boradiganlar qatoridan joy olgan.

Qayd etilishicha, bo‘lajak hojilarga safar uchun zarur kiyim-bosh va jihozlar ham berilgan. Shu bilan birga, joriy yilgi mavsumda O‘zbekistondan 15 ming nafardan ortiq fuqaro Saudiya Arabistoniga Haj amallarini bajarish uchun yuborilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2026 yilgi Haj mavsumi joriy yiln 2 maydan boshlangan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Haj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing