“Proshu proeniya”. Shoygu 10 yashar bolaning o‘limi ortidan Dushanbega sim qoqdi
Olam
−
18 dekabr 22525 2 daqiqa
Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari Moskva viloyatining Odinsovo shahri Gorki-2 tumanidagi maktabda sodir bo‘lgan jinoyat holatlarini xolis tekshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Sergey Shoygu Tojikiston Xavfsizlik Kengashi kotibi Yusuf Rahmon bilan telefon orqali suhbatda ma’lum qilgan.
“Suhbat davomida tomonlar 2025 yil 16 dekabrda Moskva viloyatining Odinsovo tumanidagi maktabda sodir bo‘lgan favqulodda hodisani muhokama qildi. Huquqni muhofaza qilish organlari jinoyatning barcha holatlarini xolis tekshirish uchun zarur choralarni ko‘rayotgani ta’kidlandi”, deb xabar berdi Rossiya Xavfsizlik Kengashi matbuot xizmati.
17 dekabr kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Odinsovoning Gorki-2 qishlog‘idagi Uspenskaya o‘rta maktabida to‘rtinchi sinf o‘quvchisining o‘ldirilishini qoraladi. Vazirlik respublika fuqarosi bo‘lgan bolaning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni ertalab 15 yoshli to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi maktabga pichoq bilan bostirib kirdi. U qo‘riqchi va to‘rtinchi sinf o‘quvchisini pichoqlab, bolani o‘ldirdi. Tergov qo‘mitasi Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) va Rossiya Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi, 105-moddasi 2-qismi (ikki yoki undan ortiq odamni o‘ldirishga urinish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Tergov qo‘mitasi hibsga olingan 15 yoshli o‘smir so‘roq paytida aybini tan olganini, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va tafsilotlarni ham bayon qilganini ma’lum qildi.
Live
Barchasi