Putin To‘qayev bilan uch yillik harakatlar rejasini imzoladi
Olam
−
09 noyabr 2023
3923Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Ostonadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot va ikki davlatning 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma harakatlar rejasini imzoladi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
“Tantanali marosimda Rossiya va Qozog‘iston Prezidentlari ikki davlat o‘rtasida XXI asrda yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 10 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma bayonot hamda 2024-2026 yillar uchun Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonning qo‘shma harakatlar rejasini imzoladi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, ikki mamlakat o‘rtasida quyidagi shartnomalar imzolangan:
- Energetika vazirliklari o‘rtasida Qozog‘istonning uchta shahrida issiqlik elektr stansiyalarini qurish loyihalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;
- Rossiya Federatsiyasi Sport vazirligi va Qozog‘iston Turizm va sport vazirligi o‘rtasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan ikki davlat o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
- Rossiya Federatsiyasi Federal bojxona xizmati va Qozog‘iston Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi o‘rtasida 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi;
- Rossiya Federatsiyasi Mehnat va bandlik federal xizmati va Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mehnat qo‘mitasi o‘rtasida mehnat inspeksiyasi masalalari bo‘yicha o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandum;
- Rossiyaning TASS axborot agentligi va “Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti teleradiokompleksi” mediaxoldingi o‘rtasida axborot sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni nazarda tutuvchi axborot hamkorligi to‘g‘risidagi bitim.
LiveBarchasi