Putinni hibsga olishga order bergan Karim Xon Rossiyada sirtdan qamaldi
Olam
−
12 dekabr 20551 2 daqiqa
Bugun, 12 dekabr kuni Rossiya sudi Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud prokurori va sakkiz sudyani Rossiya fuqarolarini ta’qib qilishda aybdor deb topdi. Ular sirtdan 3,5 yildan 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, XJS prokurori Karim Xon 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Xon dastlabki to‘qqiz yilni umumiy tartibli koloniyada, qolganini esa maksimal tartibli koloniyada o‘tashi kerak.
Xon 2022 yil fevral va mart oylari oralig‘ida “Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini noqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortishda” aybdor deb topilgan. XJS sudyalari sirtdan 3,5 yildan 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. Barcha sudlanuvchilar xalqaro qidiruvga berilgan.
Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining ta’kidlashicha, Karim Xondan tashqari, sudyalar Tomoko Akane, Rosario Salvatore Aitala, Serxio Xerardo, Ugalde Godinez, Xaykel Ben Mahfud, shuningdek, XJS raisi Pyotr Xofmanskiy va uning o‘rinbosarlari Lus del Karmen Ibanes Karransa, Bertram Shmitt, Reyn Adelaida Sofi Alapini-Gansuga nisbatan hukm chiqarilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2023 yil mart oyida XJSning Sudgacha bo‘lgan palatasi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsman Mariya Lvova-Belovani Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlarida keng ko‘lamli bosqinchilik paytida bolalarni o‘g‘irlash ayblovlari bilan hibsga olish uchun order chiqargandi.
Shundan so‘ng, Rossiya Tergov qo‘mitasi XJS sudyalariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Moskva bir nechta XJS sudyalari va tashkilotning Bosh prokurori Karim Xonni, shuningdek, XJS vitse-prezidentlari Luz del Karmen Ibanez Karranza va Bertram Shmittni qidiruvga berdi.
Live
Barchasi