Raqobat qo‘mitasi 26 ta dorixonaga ish qo‘zg‘atdi
3-sahifa
−
04 mart 2350 1 daqiqa
Raqobat qo‘mitasi tomonidan 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgani aniqlangan 26 ta dorixonalarga ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda qo‘mitaning Telegram-kanalida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘mitaning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali olib borilgan o‘rganishlar davomida ayrim dorixona va ulgurji sotuvchilar tomonidan savdo ustamalariga amal qilinmayotgani ma’lum bo‘lgan.
Boshqarma tomonidan viloyatdagi 26 ta dori vositalarini ulgurji sotuvchi sub’ektlarda o‘rganishlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida dori vositalarini sotishda belgilangan ulgurji referent narxlardan yuqori narx qo‘llanilgani va shu orqali jami 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olingani aniqlangan.
Natijada Maxsus komissiya tomonidan referent narxlarga amal qilmay, asossiz narxlarni oshirib sotgan dori vositalarini ulgurji sotuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umra tadbirini tashkil etishga oid reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan 10 dan ortiq holatlar aniqlangandi.
Live
Barchasi