Ramzan Qodirov ommaga hassaga tayangan holda ko‘rinish berdi (video)

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov jamoatchilik oldida qo‘lida hassa bilan ko‘rindi. Bu haqdagi videoni respublika yetakchisi kecha, 3 yanvar kuni o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.

Qodirov hassa bilan Achxoy-Marton tumanidagi Yangi Sharoy qishlog‘ida joylashgan maktabning ochilish marosimiga borgan.

“Yangi hafizlar maktabi respublikada o‘n birinchisi bo‘ldi. U Rossiya Qahramoni Axmat-Hoji Qodirov nomidagi Mintaqaviy jamoat fondi mablag‘lari hisobidan barpo etildi”, deb yozdi u.

Eslatib ўтамиз, Ramzan Qodirov 2025 yil 24 dekabrdan 25 dekabrga o‘tar kechasi Moskvada shoshilinch tarzda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.  Qodirov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin raisligida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Davlat kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun poytaxtga borgan. Biroq uning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u reanimobil orqali Rossiya Prezidenti ishlar boshqarmasiga qarashli Markaziy klinik shifoxonaga yetkazilgan. Bunday holat uchun zaxira reja ko‘zda tutilmagani sababli, Davlat kengashi Checheniston vakilisiz o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston shifoxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing