“Real” “Bavariya” yulduzi uchun 160 miilionning bahridan o‘tmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi “Bavariya” o‘ng qanot hujumchisi Maykl Oliseni sotib olmoqchi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra,  Olisening Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “Real”ga qarshi o‘yindagi harakatlaridan so‘ng “Qirollik klubi” vakillari uni sotib olish harakatiga tushgan va bu transfer uchun 160 million yevro sarflashga tayyor. Shu o‘rinda Myunxen klubi o‘z futbolchisini sotishi ehtimoli juda kam deyilmoqda.

Ma’lumot uchun, fransiyalik futbolchi joriy mavsum “Bavariya” safida 16 ta gol kiritdi va 24 ta assist muallifi bo‘ldi. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, uning ayni vaqtdagi bozor qiymati 140 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olisega Angliyaning “Liverpul” jamoasi ham qiziqish bildirayotgani ma’lum qilingandi.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Real Bavariya 160 miilion

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing