“Real” Qozog‘istonga kelish uchun uzoq yo‘l bosadi

Biznes

image

Kecha, 28 avgust kuni 2025-2026 yilgi UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi qur’a tashlash natijasiga ko‘ra, Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasi o‘z maydonida Madridning “Real” jamoasiga qarshi to‘p suradigan bo‘lgandi. Yevropa gigantlaridan biri – “Real Madrid” kelasi uchrashuv uchun o‘ziga xos sayohat marafoniga chiqadi. 

Jamoa Xitoy chegarasiga yaqin hududda joylashgan Qozog‘iston klubi — “Qayrat Olmaota” bilan kuch sinashish uchun 12 soat parvoz qilishi lozim. 

Taqqoslash uchun, Madriddan – Nyu-Yorkka atigi 7 soatda uchib borish mumkin. Demak, Madrid – Olmaota yo‘li Yevropa – Amerika oralig‘idan ham uzoqroq parvozni talab qiladi.

Uchishni yoqtirmaydiganlar uchun variant bormi? Ha, ammo unchalik qulay emas: mashinada Madrid – Olmaota yo‘li qariyb 8 ming kilometrni tashkil etib, uni bosib o‘tish uchun 87 soat uzluksiz harakat qilish kerak bo‘ladi. Bu deyarli 3,5 kunlik non-stop sayohat degani.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday uzoq masofali safarlar futbolchilarning tiklanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, parvoz vaqtida uyqu rejimi buzilishi, vaqt zonasi farqi (Madriddan Olmaotagacha 4–5 soatlik tafovut) va iqlim sharoiti o‘yin oldidan jamoa tayyorgarligiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, qur’a natijasiga ko‘ra Qozog‘iston chempioni “Real”ni Olmaotadagi o‘z maydonida kutib oladi. Shu bilan birgalikda, jamoa “Inter” klubiga qarshi o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv Italiyada, ya’ni safarda bo‘lib o‘tadi. Safarda jamoa Angliyaning grand klublaridan biri – Londonning “Arsenal”i bilan ham to‘qnash keladi.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston Evropa Arsenal Inter Olmaota Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing