“Real” yozda katta transferga tayyorlanmoqda
Sport
−
16 mart 1829 1 daqiqa
“Real Madrid” yozgi transfer oynasida “Bavariya” yarim himoyachisi Maykl Oliseni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres 24 yoshli futbolchini jamoaga olib kelish uchun jiddiy harakat qilmoqda. Biroq, Myunxen klubi o‘z futbolchisi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Olisening “Bavariya” bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi va unda sotib olish bandi mavjud emas. Shu sababli nemis klubi uni sotish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga majbur emas.
Shuningdek, “Liverpul” ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi Oliseni yaqin kelajakda “Enfild”ni tark etishi mumkin bo‘lgan Muhammad Salohning o‘rnini bosuvchi sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Maykl Olise 2024 yilda “Kristal Pelas”dan “Bavariya”ga 53 million yevro evaziga o‘tgan. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 130 million yevroga baholangan.
Live
Barchasi