Restavratsiyasi uchun 3,1 mlrd so‘m ajratilgan Buxoro amirining saroyi qachon ta’mirlanadi?

Jamiyat

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Karmana tumanidagi "Mirzachorbog‘" saroyi madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa-da, hali hamon qarovsiz qolayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Madaniy meros agentligi yana o‘z munosabatini bildirdi.

"Hozirgi kunda ushbu ob’ektda ta’mirlash-tiklash ishlari uchun ajratilgan mablag‘lar belgilangan tartibda moliyalashtirilib, Madaniy meros agentligi huzuridagi “Madaniy meros ob’ektlari restavratsiyasi” direksiya markazi hamda pudratchi tashkilot o‘rtasida shartnomalar tuzilib, ta’mirlash ishlari loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshirilmoqda.

Yodgorlikning murakkablik darajasi hamda uning ko‘lamini inobatga olgan holda mazkur ob’ektni topshirish ishlari 2025 yilning IV choragiga rejalashtirilgan", deyiladi munosabatda.

Madaniy meros agentligi bu kabi holatlarga keng jamoatchilikning befarq emasligi hamda madaniy meros ob’ektlarini asrab-avaylashga o‘z hissalarini qo‘shayotganliklari uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etgan.

Ma’lumot uchun, “Mirzachorbog‘” saroyi Buxoro amiri Sayid Abdulahadxonning yozgi qarorgohi hisoblangan. 1900-1905 yillarda barpo etilgan, betakror me’moriy uslubga ega ushbu saroy nafaqat tarixiyligi, balki naqqoshlik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi san’atining o‘sha davrga xos namunalari aks etgani bilan qimmatlidir.

Navoiy viloyati Karmana tumani “Ko‘hnaqo‘rg‘on” MFY hududida joylashgan obida ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani uchun Madaniyat vazirligi tomonidan 2020 yilda madaniy meros ob’ektlarni ta’mirlash-tiklash dasturiga kiritilgan edi. Ushbu ob’ekt restavratsiyasi uchun byudjetdan 3,1 milliard so‘m ajratilgani ham ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Restavratsiya Mirzachorbog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made