Reygan ishtirokidagi reklama sabab Tramp Kanada bilan muzokaralarni tugatdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSHning sobiq yetakchisi Ronald Reygan ishtirok etgan reklama tufayli Kanada bilan barcha savdo muzokaralarining tugaganini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi. 

“Ronald Reygan jamg‘armasi yaqinda Kanada Ronald Reyganning tariflar haqida noto‘g‘ri gapirgan soxta reklamasidan foydalanganini e’lon qildi”, deya yozgan Tramp. 

Oq uy rahbari tariflar AQSH milliy xavfsizligi va iqtisodiyoti uchun “juda muhim” ekanini ta’kidlagan. U Ottavaning harakatlarini “qo‘pol” deb atagan. 

Kanada oktyabr oyida 75 million dollarlik reklamani chiqarishni rejalashtirgan. Unda Reyganning 1987 yildagi tariflar bo‘yicha nutqining audioyozuvi ishlatilgan, reklamada u tariflarning uzoq muddatda samarasiz ekanini aytgan.

Ma’lumot uchun, Reygan 2004 yilning yozida 92 yoshida vafot etgan. U 1981 yildan 1989 yilgacha Qo‘shma Shtatlar prezidenti bo‘lgan.

Yozda Tramp Kanadaga tariflarni 25 foizdan 35 foizgacha oshirdi. U buni fentanil kontrabandasi va Ottavadan kelgan javob choralari bilan bog‘ladi. Bu qaror AQSH-Meksika-Kanada Erkin savdo shartnomasi bilan qamrab olingan tovarlarga ta’sir qilmadi.

Iyun oyida Oq uy Kanadaning Amazon, Google, Uber, Airbnb kabi Amerika texnologiya kompaniyalariga yangi xizmatlar solig‘ini joriy qilgani sababli Kanada bilan tarif bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi. Taklif qilingan soliq ularning foydasiga uch foizli soliq edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanada Bosh vaziri Mark Karni mamlakati AQSH mahsulotlariga qo‘ygan ayrim bojlarni bekor qilishini e’lon qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 25 foizlik bojxona to‘lovlari AQSHdan import qilinadigan po‘lat, alyuminiy va avtomobillarga nisbatan amalda qoladi. Karni, shuningdek, ikki tomon savdo, investitsiya va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Kanada Ronal'd Reygan savdo muzokaralari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing