Ronaldu MYU bilan muzokaralarni boshladi – OAV

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Topskills Sports UK xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining “Old Trafford”ga qaytishi masalasi bo‘yicha Ronalduning yaqin atrofidagilar bilan dastlabki muzokaralar allaqachon boshlangan.

Xabarlarda aytilishicha, besh karra “Oltin to‘p” sohibi “Manchester Yunayted”ga o‘tish uchun maoshini kamaytirishga tayyor. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etib, yana “qizil iblislar” safida to‘p surishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF)ning klubga bo‘lgan munosabati va jamg‘arma tomonidan boshqariladigan raqib jamoalarga nisbatan ko‘rsatilayotgan e’tiboridan noroziligi sababli “Al-Nasr”da o‘ynashdan bosh tortganini ma’lum qilgan edi. Keyinchalik bu noroziliklar fonida Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing