Ronaldu sababli “Al-Nasr” murabbiyi va futbolchilariga intervyu berish taqiqlandi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi rahbariyati Saudiya Pro-ligasining “Ar-Riyod”ga qarshi o‘yini (1:0) oldidan va o‘yindan keyin futbolchilar hamda murabbiylarga tezkor intervyu berishni taqiqladi. Bu haqda “A Bola” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, na bosh murabbiy Jorje Jesush, na klub futbolchilari o‘yindan oldin va keyin odatdagi ommaviy axborot vositalari oldidagi majburiyatlarini bajargan. 

Portugaliyalik murabbiy Saudiya Pro-ligasi o‘yinlaridan oldingi an’anaviy flash-intervyuda ham, “Ar-Riyod”ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ham qatnashmagan. Saudiya OAV xabariga ko‘ra, Jorje Jesush o‘yindan keyin intervyu bermagani uchun uzr so‘ragan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, matbuot anjumanini o‘tkazmaslik “Al-Nasr” murabbiysiga 6700 yevrodan ortiq jarima keltirishi mumkin.

Mutaxassislarning bildirishicha, bu voqea klub ishidan norozi bo‘lgan va “Ar-Riyod”ga qarshi o‘yinda qatnashishdan bosh tortgan Krishtianu Ronalduning boykot e’lon qilishi fonida sodir bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Al-Nasr” klubi hujumchisi, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu jamoaning hozirgi holatidan noroziligi sabab Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing