Rossiya davlatlarni diplomatlarini Kiyevdan evakuatsiya qilishga chaqirdi

Olam

image

Rossiya Ukraina poytaxtiga berilishi mumkin bo‘lgan zarba xavfi tufayli xorijiy davlatlarga o‘z diplomatlarini Kiyevdan evakuatsiya qilishni tavsiya etdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 4 may kuni Rossiya tomoni Ukrainada akkreditatsiyadan o‘tgan barcha diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalariga tegishli nota yuborgan.

Moskvaning bildirishicha, 9 may bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarni buzishga bo‘lgan urinishlar sodir bo‘lgan taqdirda “javob zarbasi” berilishi mumkin. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning 4 may kuni Yerevanda o‘tgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida aytgan so‘zlari bunday bayonotlarga sabab bo‘lgan. Rossiya tomoni bu so‘zlarni tahdid sifatida baholagan.

Zelenskiy, o‘z navbatida, Moskvadagi paradning qisqartirilgan shaklda – harbiy texnikalarsiz o‘tkazilishi Rossiya rasmiylarining ehtimoliy dron hujumlaridan qo‘rqayotganidan dalolat berishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya 8 va 9 may kunlari uchun bir tomonlama sulh e’lon qilgan edi. Kiyev esa, agar Moskva ham shunday qadam tashlasa, o‘t ochishni vaqtliroq – 6 may yarim tundan to‘xtatishga tayyorligini bildirgandi. O‘sha kunning o‘zida tomonlar bir-birlarini sukunat rejimini buzishda aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina evakuatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing