Rossiya London va Vashingtonga “qasos zarbasi” berishga va’da berdi

Olam

image

Rossiya Qrim ko‘prigiga hujum sodir bo‘lgan taqdirda London va Vashingtonga "qasos zarbalari" beradi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Rasmiy vakilning ogohlantirishicha, Moskva Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi ko‘prikka hujum sodir bo‘lgan taqdirda AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqini “qaqshatqich javob” bilan siylaydi.

“Men Vashington, London va Bryusselni yana bir bor ogohlantirmoqchiman: Qrimga qarshi har qanday tajovuzkor harakatlar nafaqat muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, balki qaqshatqich qasos zarbalariga ham sabab bo‘ladi”, deydi Zaxarova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev G‘arb ko‘magida Qrim ko‘prigiga yangi hujum tayyorlamoqda.

Avvalroq Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Sergey Kislitsa X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida kollaj joylashtirgandi. Unda "2024 yilda oltita asosiy turdagi ko‘priklar ro‘yxati" taqdim etilgan. E’tiborlisi, Qrim ko‘prigi o‘rniga "bo‘sh rasm" tushirilgandi.

Bundan tashqari, aprel oyi boshida "The Guardian" Ukraina harbiy razvedkasidagi manbalariga tayanib, Ukraina 2024 yilning birinchi yarmida Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan ko‘prikni yo‘q qilishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mariya Zaxarova London va Vashington

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made