Rossiya yil oxirigacha nechta bomba va dron ishlab chiqarmoqchiligi aytildi

Olam

image

Rossiya Ukrainaga tashlash uchun 2025 yilning oxirigacha 120 ming dona boshqariladigan havo bombalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Agentlikka ko‘ra, ularning 500 ta uzoq masofaga uchuvchi bombalar bo‘ladi. Bu juda katta raqam, chunki Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hududiga har kuni ushbu bombalardan 200-250 tasini tashlamoqda.

Bundan tashqari, Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vadim Skibitskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 200 kilometrgacha uchadigan bombalarning yangi versiyasini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Uning bashoratiga ko‘ra, joriy yilning oxirigacha ushbu modifikatsiyaning taxminan 500 tasi ishlab chiqariladi.

“Ularni urib tushirish mumkin, ammo Rossiyada ishlab chiqarilgan ushbu havo bombalarining soni juda katta. Bu tahdid. Bizdan tegishli javob talab qiladigan tahdid”, degan u.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil oxiriga borib Rossiyada uzoq masofalarga uchuvchi 70 mingga yaqin dron, shu jumladan 30 ming Shahed ishlab chiqariladi.

Avvalroq harbiy ekspert Aleksey Leonkov Rossiyaning Kinjal gipertovushli ballistik raketalarining Ukraina havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlariga daxlsizligini tushuntirgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Ukraina havo mudofaasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari yuqori tezligi va boshqa xususiyatlari tufayli ularni aniqlay olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Ukraina o‘rtasida shu yil davomida bo‘lib o‘tgan tinchlik muzokaralari natija yo‘qligi sababli to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina bomba dron ballistik raketa Shahed Vadim Skibitskiy Aleksey Leonkov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing