Rossiya josuslikda gumon qilingan britaniyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi

Olam

image

Rossiya hukumati josuslikda gumon qilingan Buyuk Britaniya diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborish haqida qaror qabul qildi. London buni javobsiz qoldirmasligini bildirdi. Bu haqda “CNN” nashri xabar berdi.

Keltirilishicha, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) britaniyalik diplomatni Britaniya razvedka idoralari bilan yashirin hamkorlik qilib kelganlikda ayblamoqda. Mazkur bayonotdan so‘ng, Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarida diplomatning fotosuratlarini e’lon qilindi.

Rossiya tomoni britaniyalik diplomatga mamlakatni tark etish uchun ikki hafta muddat berdi. Shu sababli, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniyaning Moskvadagi muvaqqat ishlar vakili Danae Dholakiyani norozilik bildirish uchun chaqirdi.

"Moskva Rossiyadagi Britaniya razvedka xizmati xodimlarining e’lon qilinmagan faoliyatiga toqat qilmasligi yana bir bor ta’kidlandi. Shuningdek, agar London vaziyatni yanada keskinlashtirsa, Rossiya tomoni qat’iy “ko‘zgu” shaklida javob qaytaradi", deyiladi TIV bayonotida.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bu ayblovlarni “asossiz” deb atadi.  Britaniya diplomatlarga qarshi bunday ayblovlar birinchi marta kuzatilmayotganini aytdi.

“Ularning Britaniya diplomatlariga qarshi hujumlari umidsizlikdan kelib chiqmoqda va bu kabi harakatlar diplomatik vakolatxonalarning ishlashi uchun zarur bo‘lgan asosiy shartlarni buzadi. Biz bunga javoban o‘z imkoniyatlarimizni diqqat bilan ko‘rib chiqmoqdamiz.”, deydi Buyuk Britaniya  Tashqi ishlar vazirligi. 

Rossiya Markaziy razvedka boshqarmasi, Buyuk Britaniyaning “MI6” nomi bilan tanilgan Maxfiy razvedka xizmati va Fransiyaning “DGSE” tashkilotlari Rossiya ichida maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, ruslarni yollash va nizo chiqarishga urinishlarni kuchaytirganini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sovet razvedkasi foydasiga josuslik qilgan mashhur agent 84 yoshida AQSH qamoqxonasida vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing