Rossiyada 200 kishi davlatga xiyonatda ayblanib sudlandi

Olam

image

2025 yilda Rossiyada davlatga xiyonat qilishda ayblanib sudlanganlar soni 200 nafardan ortib ketdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmatiga tayanib, TASS xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining “Davlatga xiyonat” moddasi bo‘yicha 219 kishi hukm qilingan. Shuningdek, 14 kishi josuslik uchun, 29 kishi esa chet davlat yoki tashkilot bilan Rossiya xavfsizligiga qarshi qaratilgan maxfiy hamkorlik qilgani uchun sudlangan.

Barcha sudlanuvchilar ozodlikdan mahrum etish jazosiga mahkum etilgan bo‘lib, ikki kishi umrbod qamoq jazosini olgan. Davlatga xiyonat uchun ayblanganlarning aksariyatiga (156 kishi) sudlar 10 yildan 15 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Xuddi shunday jazo muddati josuslikda ayblangan chet elliklarga ham eng ko‘p qo‘llanilgan. Xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan maxfiy hamkorlik qilish ishlari bo‘yicha jazo muddati 2 yildan 8 yilgacha qamoqni tashkil etdi.

Davlatga xiyonatda ayblanib sudlanganlar orasida 12 nafar o‘smir (14 yoshdan 17 yoshgacha), 5 nafar amaldor va 12 nafar harbiy xizmatchi bor.

Taqqoslash uchun, 2024 yilda davlatga xiyonat uchun 145 kishi, Rossiya xavfsizligiga qarshi hamkorlik uchun 21 kishi, josuslik uchun esa 23 kishi sudlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvaoroq 2025 yilda Rossiya sudlari so‘nggi o‘n yilliklarda kuzatilmagan darajada ko‘p – rekord miqdorda umrbod ozodlikdan mahrum etish jazolari chiqargani haqida xabar berilgan edi. O‘tgan yilning yanvaridan noyabrigacha bo‘lgan davrda 100 nafar shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya davlatga xiyonat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing