Rossiyada qarovsiz qolgan 6 bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
11 Oktabr 2831 1 daqiqa
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan olti nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistondan borgan ishchi guruh 10 kun davomida barcha kerakli hujjatlarni yig‘gan. Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar Sankt-Peterburgdagi Voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy reabilitatsiya markazlari va bolalar uchun “Tranzit” ijtimoiy boshpanasiga yetkazilgan.
Voyaga yetmagan bolalardan biri uch yildan beri onasidan ayro tarzda, otasi bilan yashab kelgan. Otasi uni onasidan noqonuniy ravishda olib qo‘ygan. Bolaning oilasi uning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan ijtimoiy noqulay muhitni boshdan kechirgan. Bosh konsulxona xodimlari va mutasaddi tashkilotlar xodimlari bolaning yashash joyida bo‘lib, uni O‘zbekistonga qaytarish choralarini ko‘rgan.
O‘zbekiston Bosh konsulxona tomonidan Rossiya hududlarida qarovsiz qolgan olti nafar bolaning ortga qaytishi uchun tegishli guvohnomalar rasmiylashtirilgan. Diplomatlar ularni Sankt-Peterburg – Toshkent aviareysi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonda mushkul ahvolda qolgan fuqaro va uning 5 farzandi O‘zbekistonga qaytarilgandi.
Live
Barchasi