Rossiyada kurer bo‘lib ishlayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat

image

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar orasida internetdagi e’lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shu sababli ushbu mamlakat hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi. 

Migratsiya agentligining ma’lum qilishicha, murojaatlardan norasmiy kurerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinayotgani va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilayotgani ma’lum bo‘lmoqda.

"Shu munosabat bilan, o‘zbekistonliklardan norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslik, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslik yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz", deyiladi xabarda.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya ogohlantirish O'zbekistonliklar narkotik modda kur'erlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing