Rossiyada umrbod qamoq jazosi tayinlash bo‘yicha rekord qayd etildi

Olam

image

2025 yilda Rossiya sudlari so‘nggi o‘n yilliklarda kuzatilmagan darajada ko‘p – rekord miqdorda umrbod ozodlikdan mahrum etish jazolari chiqardi. O‘tgan yilning yanvaridan noyabrigacha bo‘lgan davrda 100 nafar shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Bu haqda TASS xabar berdi.

Huquq himoyachilarining tushuntirishicha, bunday hukmlar sonining ortishi umrbod qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar ro‘yxatining kengaytirilgani bilan bog‘liq.

Bu kamida so‘nggi 20 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bungacha umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlar soni eng ko‘p bo‘lgan yillar 2005 va 2012 yillar bo‘lib, o‘shanda har ikki yilda 84 nafardan shaxs sudlangan. Umuman olganda, 2005 yildan buyon Rossiyada bunday jazo 1 ming 316 nafar shaxsga nisbatan qo‘llanilgan.

Rossiyada so‘nggi bir necha yil ichida umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar ro‘yxati kengaytirilgan. Xususan, davlatga xiyonat, terrorchilik harakatini tashkil etish hamda voyaga yetmaganlarni diversiya faoliyatiga jalb etish kabi jinoyatlar uchun ham endi umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda 2025 yilda 1922 kishi qatl etilgani, ular giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar, qotillik, josuslik va zo‘rlashda ayblangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya umrbod qamoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing