Saida Mirziyoyeva ekoreydga chiqdi (video)

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva raisligida Toshkent shahridagi havo holati bo‘yicha maxsus komissiya yig‘ilishi o‘tkazilayotgani xabar berilgandi. Maxsus komissiya yig‘ilishidan so‘ng Saida Mirziyoyeva mas’ullar bilan birga havoni zaharlayotgan issiqxonalar bo‘yicha reydga chiqdi. Bu haqda maxsus komissiyaning Telegram-kanalida xabar berildi.

“Biz hammamiz Toshkent aholisi nafas olayotgan havoning aynan o‘zidan nafas olamiz. Men ham, farzandlarim ham. Millat salomatligi Prezidentimiz uchun ustuvor vazifa hisoblanadi, shuning uchun muammo to‘liq hal etilmaguncha to‘xtamaymiz”, deya ta’kidlagan Saida Mirziyoyeva yig‘ilish vaqtida.

Qayd etish joiz, mazkur yig‘ilishda Saida Mirziyoyeva Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yashil hududlarni saqlash va ko‘paytirish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlagandi.

Administratsiya rahbari Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimlaridan bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan muntazam ravishda hisobot berib turishni talab qilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda Saida Mirziyoyeva maxsus komissiya a’zolari oldiga aniq vazifalar qo‘ygan. Xususan, hozirda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muayyan muddatlarga ega bo‘lishi va tizimli ravishda bajarilishi lozim. Kelgusi yilda bunday vaziyat takrorlanmasligi kerak.

Bundan tashqari, yig‘ilishda Saida Mirziyoyeva Farg‘onada ham vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar bergan.

Umuman olganda, ekologik vaziyat hamda uni yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar qandaydir bir martalik yoki vaqtinchalik aksiya emasligi, bundan keyin, garchi havo yaxshilangan taqdirda ham mazkur yo‘nalishdagi ishlar to‘xtab qolmasligi, izchil hamda tizimli davom etishi, buni barcha bo‘g‘indagi rahbarlar to‘g‘ri anglashi kerakligi qat’iy ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva ekoreyd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing