Saida Mirziyoyeva Misr bosh imomi bilan uchrashdi (video)
Jamiyat
−
09 dekabr 13791 1 daqiqa
Kecha, 8 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qohirada Misr bosh imomi, “Al-Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Qayd etilishicha, Prezident Administratsiyasi rahbari shayxga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.
“O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasida ma’naviyat va fan-ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik. Ma’rifatli islom g‘oyalarini targ‘ib etish va yoshlarni radikallashuvdan himoya qilishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi”, deya yozgan Mirziyoyeva.
Shuningdek, qo‘shma dasturlar, akademik almashinuvlar va qo‘lyozmalarni o‘rganishni kengaytirish borasida o‘zaro manfaatdorlik bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva 6 dekabr kuni Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan bilan uchrashgandi.
Live
Barchasi