Saloh Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin
Sport
−
26 mart 909 1 daqiqa
AQSHning “Inter Mayami” jamoasi “Liverpul”ning misrlik hujumchisi Muhammad Salohni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Independent” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozirda Lionel Messi o‘ynayotgan jamoada “belgilangan o‘yinchi” uchun joylar mavjud emas. Liga qoidalariga ko‘ra, klublar standart ish haqi chegarasidan oshib ketadigan maosh bilan uch yulduzgacha futbolchini jalb qilishi mumkin.
Shu sababli, Muhammad Salohning sotib olinishi “Inter Mayami” tarkibida ba’zi o‘zgarishlarga olib kelishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saloh joriy mavsum yakunida “Liverpul”ni tark etishini ma’lum qilgan edi. Misrlik futbolchining mersisaydliklar bilan shartnomasi 2027 yilgi yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lsa-da, Saloh joriy yozda erkin agent sifatida klubni tark etadi. Salohning agenti Rami Abbosning so‘zlariga ko‘ra, futbolchining hali qaysi jamoaga o‘tishi aniq emas.
Live
Barchasi