Samarqandda Cobalt o‘quvchi qizni urib ketdi (video)

3-sahifa

image

29 aprel kuni Samarqand shahrida Cobalt 15 yoshli voyaga yetmagan qizni urib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, shaharning O‘zbekiston ko‘chasida Cobalt haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 8-sinf o‘quvchisini urib yuborgan. Oqibatda qiz tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

"Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan yo‘llarda harakatlanganda, piyodalarga e’tiborli bo‘lib, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz!" deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made