Samarqandda qabriston yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
26 avgust 11178 1 daqiqa
Joriy yilning 24 avgust kuni Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida joylashgan qabristonda yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:10 da Samarqand viloyati FVBga “112” tizimi orqali Ishtixon tumani “To‘por” MFYda joylashgan “Polvon ota” qabristonida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan va ular soat 17:30 da yetib borgan. Soat 19:00 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida qabristonning taxminan 50 sotix maydonida xas-xashak yongan. Hodisa tufayli jabrlanganlar yo‘q. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Yangi Namangandagi “Mavlono” qabristonida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Oqibatda qabriston hududining 50 kvadrat metr joyi yonib, zararlangan.
Live
Barchasi