Samarqandda uyida 25,5 kg “marixuana” saqlagan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida uyida 25,5 kg “marixuana” saqlagan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

Xususan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan faol tadbirda Urgut tumanida istiqomat qiluvchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada hovlidagi daraxt tagiga Tojikiston Respublikasidan keltirilgan 960 gr “opiy” moddasi ko‘mib qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Ichki ishlar va Bojxona organlari xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida esa Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada xonadondagi mavjud og‘ilxonada 25 kg 520 gr “marixuana” giyohvandlik o‘simligi saqlanayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Hozirda har ikki holat bo‘yicha mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand marixuana Urgut Pastdarg'om

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing