Saudiyada boy xorijliklarga alkogol xarid qilishga ruxsat berildi

Olam

image

Saudiya Arabistoni hukumati alkogol savdosiga qo‘yilgan qat’iy cheklovlarni yumshatdi va endi boy xorijliklar spirtli ichimliklarni xarid qilishi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, spirtli ichimlik sotib olish uchun inson xorijiy fuqarolikka ega bo‘lishi, ma’lum darajada daromadga ega bo‘lishi, Saudiya Arabistonida yashashi va islom diniga e’tiqod qilmasligi kerak. Alkogol xarid qilish uchun xorijliklar oylik daromadi kamida 13,3 ming dollar ekanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi lozim. Shunday hujjat bilan spirtli ichimlikni Saudiya Arabistonida ochilgan birinchi va hozircha yagona do‘konda xarid qilish mumkin.

Bu do‘kon 2024 yilda Ar-Riyodning diplomatik kvartalida ochilgan. Dastlab u yerda spirtli ichimliklarni faqat musulmon bo‘lmagan davlatlarning xorijiy diplomatlari va elchixona xodimlari sotib olishi mumkin edi. Endilikda xaridorlar doirasi kengaytirildi, biroq bu haqda jamoatchilikka ochiq e’lon qilinmadi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonida alkogol sotish va iste’mol qilishga 1952 yildan beri taqiq qo‘yilgan. 2025 yil may oyida ayrim OAV mamlakat hukumati go‘yoki bu taqiqni bekor qilmoqchi ekani haqida xabarlar tarqatgan. Ammo mamlakat rahbariyatidagi manbalar bu mish-mishlarni rad etgan.


Maqola muallifi

Teglar

alkogol' Saudiya Arabistoni Ar-Riyod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing