Senator poytaxtdagi tirbandliklarda viloyatliklarni aybladi
Jamiyat
−
24 Sentabr 15188 1 daqiqa
Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev Toshkent shahrida yuzaga kelayotgan tirbandliklarda viloyatliklarni aybladi.
Gadoyevning senator so‘rovida “poytaxt yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar aholining kundalik hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganiga e’tibor qaratilgan”.
Senatning yozishicha, shuningdek, o‘quv yili boshlanishi bilan Toshkent shahrida harakat keskin kuchayib, ayrim vaqtlarda tirbandlik darajasi eng yuqori – 10 ballgacha bo‘layotgani, bu esa ishga, o‘qishga hamda turli maqsadlarda poytaxtga yo‘l olgan minglab fuqarolarning vaqti zoye ketishiga olib kelayotgani ta’kidlangan.
“Har kuni 1 millionga yaqin kishi poytaxtga tashrif buyuradi, ularning 275 ming nafari Toshkent viloyatidan kelmoqda. Viloyatning tutash hududlaridan minglab avtomobillarning ertalab poytaxtga kirib, kechqurun ortga qaytishi esa tirbandliklarni yanada kuchaytirmoqda”, deyiladi xabarda.
Senator so‘rovida vazirlikdan Toshkent shahrida tirbandliklarni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar, “Intellektual transport” tizimining amaldagi holati, jamoat transportini yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tkazish jarayoni, shuningdek, Prezident tomonidan belgilangan vazifalar ijro etilishi va ularning kechikishi sabablari yuzasidan atroflicha ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
Ma’lumot uchun, Erkin Gadoyev 1959 yilda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. 2020 yilda Buxoro viloyatidan senator etib saylangan.
Live
Barchasi