Serbiyada vazir jonli efir vaqtida insultga uchradi (video)

Olam

image

Kecha, 5 avgust kuni Serbiya Davlat investitsiyalari vaziri va hukmron “Serb progressiv” partiyasi ijroiya qo‘mitasi raisi Darko Glishich jonli efir vaqtida insultga uchradi. Bu haqda “Novosti” xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Glishich teleko‘rsatuv studiyasida o‘zini yomon his qilgan, shu sababli efir favqulodda to‘xtatilgan. Ko‘rsatuv efiri lavhalarida vazir boshlovchilar bilan suhbat davomida so‘zlarini aniq talaffuz qila olmayotgani ko‘ringan. Glishich zudlik bilan tibbiyot markaziga yetkazilgan. Serbiya Prezidenti Aleksandar Vuchich voqea haqida xabar topgan zahoti shifoxonaga yetib borgan.

Shifoxona oldida Sog‘liqni saqlash vaziri Zlatibor Lonchar bayonot bergan.

“U televizion efir vaqtida o‘zini yomon his qilgan, hushsiz holatda shifoxonaga olib kelingan. Hozir u to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda va terapiya boshlangan. Shifokorlar imkon qadar barcha zarur choralarni ko‘radi. Hammamiz bu holatdan xavotirdamiz, Prezident ham ilk daqiqalardan beri shu yerda. Bu holat bizni larzaga soldi, lekin terapiya va ko‘rilayotgan choralar natija beradi degan umiddamiz. Hozircha holati og‘ir ekani ma’lum. Muhimi, insultdan so‘ng darhol shifoxonaga yetkazildi – aynan dastlabki bir necha soat hal qiluvchi ahamiyatga ega”, deydi Lonchar.

Nashr Glishichni Serbiya Prezidentining eng yaqin va ishonchli hamkorlaridan biri deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

insul't Serbiya Darko Glishich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing