Shavkat Mirziyoyev Avstriya delegatsiyasini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 7 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Avstriya Respublikasining Yevropa va Tashqi ishlar federal vaziri Beate Maynl-Rayzinger va Ichki ishlar federal vaziri Gerxard Karnerdan iborat delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmonlar davlatimiz rahbariga Avstriya Federal Prezidenti Aleksandr Van der Bellenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Turli darajalardagi muloqotlar izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash 3 barobar oshgan. Qurilish materiallari, tog‘ turizmi, sog‘liqni saqlash, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, bank-moliya va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari jadal amalga oshirilmoqda.

Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat yuritmoqda. Ushbu tashrif doirasida qo‘shma biznes forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi, mehnat migratsiyasi, diplomatik xizmat va soliqqa tortish sohalarida muhim bitimlar imzolangan.

Oliy darajada tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlangan.

Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik haqida so‘z yuritilar ekan, terrorizm, odam savdosi, narkotrafik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasida muntazam axborot almashish zarurligi qayd etilgan.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Avstriya delegatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing