Shavkat Mirziyoyev BAA delegatsiyasini qabul qildi
Jamiyat
−
17 iyun 699 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklarining Energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat avvalida vazir davlat rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktum, vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Abu-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Xolid Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
O‘zbekiston – BAA strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani alohida qayd etilgan.
Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi, qo‘shma korxonalar soni ortib bormoqda. Beshinchi Toshkent investitsiya forumi doirasida BAA kompaniyalari bilan qator yangi kelishuvlar imzolanishi kutilayotgani ta’kidlangan.
“Yashil” energetika, yoqilg‘i ishlab chiqarish, transport, logistika, sun’iy intellekt, raqamlashtirish va boshqa yo‘nalishlardagi yirik loyihalarni jadallashtirishga kelishib olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenovni qabul qilgandi.
Live
Barchasi