Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston xalqiga murojaat qildi
Jamiyat
−
21 mart 8181 1 daqiqa
Bugun, 21 mart kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazilmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston xalqiga murojaat yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
“Azizlar, qarang, qanday go‘zal yurtimiz, qanday saxovatli zaminimiz, betakror tabiatimiz bor! Bu bebaho boyliklarni ming yillar asrab-avaylab kelayotgan mehnatkash, oq ko‘ngil va olijanob xalqimiz bor.
Xudo bizga ato etgan yer-suvimizni, barcha imkoniyatlarimizni qadrlab, ulardan oqilona foydalansak, bir boyligimizga, albatta, o‘n boylik qo‘shiladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shu bois, Prezident azaliy an’analarni davom ettirib, ko‘chat ekib, bog‘ yaratishga, uy, mahallani obod qilib, hayotni yanada go‘zal va farovon etishga chaqirgan.
“Yaxshi qo‘shnichilik, ahillik bilan, ezgu va savob ishlarimiz bilan bag‘rikeng el, o‘z mashaqqatli mehnatimiz bilan baxt va obro‘ topayotgan xalq ekanimizni dunyoga namoyon etaylik!
O‘g‘il-qizlarimiz zamonaviy bilim, til va kasblarni egallab, barkamol avlod bo‘lib safimizga kirsin!
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi tarix, yangi kelajak yarataylik!”, deydi Prezident.
Davlat rahbari so‘zining yakunida yana bir bor Navro‘zi olam bilan tabriklagan va eng ezgu tilaklarini bildirgan.