Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildi
Jamiyat
−
12:29 1524 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi Hazrati Hizr majmuasida bo‘lib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qilgan.
“Bugungi ayyom kunlarida ulug‘ ajdodlarimiz va bu dunyodan o‘tgan yaqinlarimizni yod etish, ularning ezgu ishlarini eslash xayrli amallardan ekani ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifining ikkinchi kuni Imom Moturidiy yodgorlik majmuasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishgandi.
Live
Barchasi