Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vazirini qabul qildi
Jamiyat
−
17 iyun 776 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat avvalida Oljas Bektenov davlat rahbariga Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.
O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Barcha darajalardagi faol muloqot mamnuniyat bilan qayd etilgan. Tovar ayirboshlash hajmlari o‘sib, yaqinda qabul qilingan yangi “yo‘l xaritasi” asosida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish davom etmoqda.
Iyul oyida bo‘lib o‘tadigan hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda Aqtau shahrida o‘tkaziladigan hududlar rahbarlarining birinchi Kengashiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustinni qabul qilgan edi.
Live
Barchasi