Shavkat Mirziyoyev Pashinyanni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armanistondagi parlament saylovlarida “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi g‘alaba qozongani munosabati bilan Bosh vazir Nikol Pashinyanga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.

“Hurmatli Nikol Vovayevich, sizni Armaniston Respublikasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi parlament saylovlarida siz rahbarlik qilayotgan “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi g‘alaba qozongani munosabati bilan chin qalbdan tabriklayman”, deyiladi tabrik maktubida.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti saylov natijalari Armaniston xalqining Pashinyan tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatga, jumladan, Janubiy Kavkazda tinchlik va farovonlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarga bo‘lgan yuksak ishonchining amaliy tasdig‘i ekanini qayd etgan.

“Birgalikdagi intilishlarimiz natijasida kelajakda o‘zaro manfaatli hamkorligimizni yanada kengaytirishga muvaffaq bo‘lishimizga ishonchim komil.

Fursatdan foydalanib sizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatingizda ulkan zafarlar, do‘st Armaniston xalqiga esa tinchlik va osoyishtalik tilayman”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda hukmron “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi parlament saylovlarida 50,07 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev saylov Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing