Shavkat Mirziyoyev Shuhrat G‘aniyevni mukofotladi
Jamiyat
−
09 dekabr 25302 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shuhrat Madaminovich G‘aniyev “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning bugun, 9 dekabr kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Shuhrat G‘aniyev 1968 yilning 11 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. Millati – o‘zbek. Partiyaviyligi yo‘q. Ma’lumoti – oliy. 1992 yilda Toshkent davlat agrar universiteti, 2005 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.
Ish faoliyatini 1989 yilda Farg‘ona viloyati matbuot birlashmasi Marg‘ilon bazasi yetakchi mutaxassisi lavozimida boshlagan.
- 1996-2000 yillarda – Marg‘ilon tumanlararo “Agrokimyota’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari, boshqaruvi raisi;
- 2000-2001 yillarda – Farg‘ona viloyati “Agrokimyota’minot” aksiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisi;
- 2001-2002 yillarda – Farg‘ona viloyati “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisi;
- 2002-2004 yillarda – “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari;
- 2004-2007 yillarda – “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari;
- 2007-2008 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri;
- 2008-2011 yillarda – Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari;
- 2011-2012 yillarda – Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi;
- 2012-2020 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi;
- 2020-2023 yillarda Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Shuhrat Madaminovich G‘aniyev 2023 yil yanvarda Prezidentning Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, o‘sha yilning avgustida esa Prezidentning agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Joriy yil yozda ham u o‘z lavozimida qoldi.
Live
Barchasi