Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabartini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 23 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, maslahatchining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilingan.

Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, umumta’lim muassasalari salohiyati va investorlar bilan strategik kommunikatsiyani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Iqtisodiy islohotlar, davlat boshqaruvi, ta’lim sohalaridagi ilg‘or xalqaro tajriba va strategik rejalashtirish amaliyotini izchil joriy etish muhimligi ta’kidlangan.

Shuningdek, xalqaro maydonda O‘zbekiston investitsiya salohiyatini targ‘ib qilishni yanada kengaytirish masalasiga to‘xtalib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Suma Chakrabarti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing