Shavkat Mirziyoyev Ummonga boradi

Jamiyat

image

Bugun, 4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ummon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchsining matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqotda Yaqin Sharqdagi hozirgi murakkab vaziyat muhokama qilinib, yuzaga kelgan beqarorlik jiddiy tashvish uyg‘otayotgani qayd etilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Ummon hududida sodir bo‘lgan bunday harakatlardan xavotirda ekanini bildirib, O‘zbekiston har qanday qarama-qarshilik hamda ziddiyatni siyosiy-diplomatik va tinch yo‘llar bilan, muzokaralar orqali hal qilishning qat’iy tarafdori ekanligini ta’kidlagan. 

Davlat rahbari sultonlikning mintaqada xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirib kelayotgan faol vositachilik roli va izchil sa’y-harakatlarini alohida e’tirof etgan.

“Shuningdek, Ummonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash va ularni Vataniga qaytarish uchun yaratilayotgan shart-sharoit uchun Sulton A’lo Hazratlariga chuqur minnatdorlik bildirdi”, deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, Ummon sultoni O‘zbekiston yetakchisiga hamjihatlik va birdamlik tuyg‘ulari uchun tashakkur izhor etib, Masqatga bo‘lajak oliy darajadagi tarixiy tashrif yuksak saviyada o‘tishiga ishonch bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat sababli Ummon sultonligini qo‘llab-quvvatlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ummon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made