Shavkat Mirziyoyevni kimlar Yangi yil bilan tabrikladi?

Jamiyat

image

Kirib kelgan yangi 2026 yil munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, yetakchi moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat va din arboblaridan samimiy tabrik va tilaklar keldi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi. 

Qutlovlarda Prezident rahbarligida Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berilgan. Mamlakatning xalqaro maydondagi mavqei va nufuzi tobora mustahkamlanib borishiga xizmat qilayotgan proaktiv, ochiq va pragmatik tashqi siyosatning samaralari alohida qayd etilgan.

Xorijiy hamkorlar O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqiga yangi yilda tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

  • Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;
  • Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;
  • Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev;
  • Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
  • Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon;
  • Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
  • Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
  • Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
  • Belarus Respublikasi rezidenti Aleksandr Lukashenko;
  • Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
  • Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta;
  • Germaniya Federativ Respublikasi Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer;
  • Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri Fridrix Mers;
  • Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Kir Starmer;
  • Italiya Respublikasi Prezidenti Serjio Mattarella;
  • Ispaniya Qiroli Filipp VI;
  • Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar;
  • Vengriya Prezidenti Tomash Shuyok;
  • Polsha Respublikasi Prezidenti Karol Navrotskiy;
  • Latviya Respublikasi Prezidenti Edgars Rinkevichs;
  • Litva Respublikasi Prezidenti Gitanas Nauseda;
  • Xorvatiya Respublikasi Prezidenti Zoran Milanovich;
  • Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
  • Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi;
  • Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon;
  • Kuvayt Davlati Amiri Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
  • Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
  • Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon;
  • Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun;
  • Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
  • Myanma Ittifoqi Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Min Aun Xlayn;
  • Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum;
  • O‘mon Sultonligi Bosh vaziri o‘rinbosari Fahad al-Said;
  • Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun;
  • Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayev;
  • Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev;
  • Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
  • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon;
  • BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze;
  • Jahon banki prezidenti Ajay Banga;
  • Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi prezidenti Janni Infantino.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarovni Yangi yil bilan tabriklagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Yangi yil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing