Shifokorlar Mbappeni davolashda xatoga yo‘l qo‘ydi – OAV
Sport
−
25 mart 2064 1 daqiqa
“Real Madrid” klubi shifokorlari fransuz hujumchisi Kilian Mbappe bilan bog‘liq tibbiy jarayonda jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygan. Bu haqda COPE nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki tashxis qo‘yishda klub shifokorlari futbolchining chap tizzasi o‘rniga adashib o‘ng tizzasini tekshirgan.
Shuningdek, Fransiyaning RMC Sport jurnalisti Daniel Riolo ushbu holat haqida birinchi bo‘lib xabar bergan. Uning aytishicha, Mbappe bu voqeadan norozi bo‘lgan va aynan shu sabab yanvar oyida “Real Madrid” tibbiyot xodimlari bilan bog‘liq o‘zgarishlar yuz bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fransuz shifokorining aralashuvi futbolchiga operatsiyadan qochishga yordam bergan.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Mbappe joriy mavsumda “Real Madrid” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi.
Live
Barchasi